O’tgan hafta aksiya bozorida 2021-yilning so’nggi savdo haftasi bo’ldi va yil ham nihoyasiga yetdi. 2021-yil aksiya bozorida bir necha o’ziga xos voqealar va havotirli holatlar kuzatilgan bo’lsada, umuman olganda, daromadlarni ko’paytirish uchun ajoyib yil bo’ldi. Yilning 1-choragida boshlangan aksiyalar o’sishidagi poyga 3-chorak oxirigacha davom etdi.
2021-yilni asosiy indekslarning hammasi o’sish bilan yakunladi:
- S&P 500: +26.89%
- Nasdaq Composite: +21.39%
- Dow Jones: +18.73%
- Russell 2000: +13.71%
AQSh aksiya bozorining umumiy harakatini ifodalovchi S&P 500 indeksi ketma-ket uchinchi marta o’tgan yilni ham kuchli o’sish bilan tugatdi. Lekin bu o’sish barcha aksiyalar orasida teng taqsimlanmadi. S&P indeksidagi eng katta ulushga ega gigant kompaniyalarning o’sishi indeksning o’sishida katta rol o’ynadi. Xususan, 2021-yilda AAPL 34%, MSFT 51%, GOOG 65%, NVDA 125%, TSLA 43% o’sdi.
2021-yil aksiya bozori yangi rekordlarga boy bo’ldi:
- 2021-yil davomida S&P 500 70 marta rekord darajaga ko’tarildi;
- 450 ta yangi ETFlar bozorga kirib keldi;
- Reddit ijtimoiy tarmog’idagi WallStreetBets forumi a’zolari soni yil boshida 1.7 million foydalanuvchidan yil oxirigacha 11 millionga aylandi;
- IPOlar orqali $118 milliard investitsiya jalb qilindi. Bu 2020-yilgi miqdorda sal kam 2 barobar ko’p;
- 612 ta SPAC bitimi orqali aksiya bozorihga yangi kompaniyalar kirib keldi.
2021-yil 4-chorakda ko’plab o’sish aksiyalari pastlab, qiymat (himoya qiluvchi) aksiyalarida yaqqol ustunlik kuzatildi. Bu tendensiya yangi yilning 1-choragida ham davom etish ehtimoli katta. Yuqori inflyatsiya darajasi va foiz stavkalarining ko’tarilishi aksiya bozoriga ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Thanks for your blog, nice to read. Do not stop.