IPO – Initial Public Offering so’zlarining qisqartmasi bo’lib, xususiy kompaniya aksiyalarini jamoatchilik sotib olishi uchun ilk bor ommaviy taqdim etish jarayoni hisoblanadi. Kompaniya o’z aksiyalarini IPOda sotish orqali tashqi investorlardan kapital jalb qilib, faoliyatini yanada rivojlantirishni maqsad qiladi. IPOdan so’ng, kompaniya maqomi xususiydan ochiq aksiyadorlikka o’zgaradi va istalgan kishi broker orqali kompaniya aksiyalarini sotib olishi mumkin bo’ladi.
2021-yilda AQSh aksiya bozorida jami 1058 ta IPO amalga oshirildi!
Bu esa barcha vaqtlardagi rekord ko’rsatkichdir. Taqqoslash uchun, 2021-yilda chiqarilgan IPOlar soni 2020-yilda chiqarilgan jami 480 ta IPO sonidan 2.2 baroabr ko’p. 2000-2021 yillar orasida jami 5,753 ta IPO amalga oshirilgan.
O’tgan yilning bitim hajmiga ko’ra eng katta AQSh IPOlari top 7 ro’yhati bilan quyida tanishishingiz mumkin:
1. Coinbase (COIN)
- IPO sanasi: 14.04.2021
- Bitim hajmi: $37.7 milliard
- IPOdan hozirgacha daromad (07.01.2022): -29.23%
2. Roblox (RBLX)
- IPO sanasi: 10.03.2021
- Bitim hajmi: $13.8 milliard
- IPOdan hozirgacha daromad (07.01.2022): +21.4%
3. Rivian (RIVN)
- IPO sanasi: 10.10.2021
- Bitim hajmi: $11.9 milliard
- IPOdan hozirgacha daromad (07.01.2022): +10.5%
4. Blue Owl Capital (OWL)
- IPO sanasi: 20.05.2021
- Bitim hajmi: $3.9 milliard
- IPOdan hozirgacha daromad (07.01.2022): +29.6%
5. Warby Parker (WRBY)
- IPO sanasi: 29.09.2021
- Bitim hajmi: $3.1 milliard
- IPOdan hozirgacha daromad (07.01.2022): -27.1%
6. Global Foundries (GFS)
- IPO sanasi: 27.10.2021
- Bitim hajmi: $2.6 milliard
- IPOdan hozirgacha daromad (07.01.2022): +29.3%
7. SoFi (SOFI)
- IPO sanasi: 28.05.2021
- Bitim hajmi: $2.4 milliard
- IPOdan hozirgacha daromad (07.01.2022): -27.6%
Eslatma! Maqolada berilgan aksiya(lar) sotib olish uchun tavsiya yoki bu aksiya(lar)ning halol ekanligini ifodalamaydi. Maqola ma’lumot berish maqsadida tayyorlandi. IPOga investitsiya qilishning risk darajasi yuqori.