Agar chet el (xususan, AQSh va Yevropa) kompaniyalari aksiyalarini sotib olmoqchi bo’lsangiz, Ingliz tilini bilishingiz katta yordam beradi. Aksiya bozori yangiliklari, hisobotlar, tahlillar va boshqa kerakli ma’lumotlarni Ingliz tilida eng ko’p topa olasiz.
Quyida aksiyalar narxini va qimmatli qog’ozlar bozorini kuzatib borish uchun ba’zi saytlar (mobil ilovalar)ni keltirib o’tamiz:
- Yahoo Finance – Bu saytda kapital bozori yangiliklari, aksiyalar narxi, hisobotlar, moliyaviy ko’rsatkichlar va boshqa ko’plab kerakli ma’lumotlar jamlangan.
- Bloomberg – Yahoo Financega o’xshash va shu bilan birga video orqali ham kapital bozori haqida muntazam ma’lumot berib boriladi.
- Seeking Alpha – Bu saytda turli investor mualliflarning maqolalari, tadqiqotlari va fikrlari bozordagi o’zgarishlar bilan real vaqtda berib boriladi.
- Investopedia – Investitsiyaga oid terminlar, tushunchalar, jarayonlar nimani anglatishini shu yerdan topasiz. Barcha ta’riflar oson tushuntirilgan. Aksiya bozori yangiliklari va tadqiqotlar ham berib boriladi.
- The Street – Moliyaga oid yangiliklar, tushunchalar, aksiyalar tahlili, bozordagi o’zgarishlar va boshqa ko’plab kerakli ma’lumotlar jamlangan sayt.
- Ingliz tilini yaxshi tushunmasangiz, Investing.com ning Rus tili versiyasida ham yuqorida berilgan saytlar kabi yaxshi ma’lumotlar topa olasiz.