You are currently viewing Aksiyalarga investitsiya qilishni boshlayotganlarga do’stona maslahat

Aksiyalarga investitsiya qilishni boshlayotganlarga do’stona maslahat

  • Aksiya bozori haqida asosiy tushunchalarga ega bo’ling. Aksiyalar tahlili va oldi-sotdisida ishlatiladigan atamalarning mazmunini biling. Shoshilmasdan fundamentni yaxshi qo’yib oling.
  • Agar sizda yetarlicha bilim/tajriba bo’lmasa aksiyalarga investitsiya qilishni birdaniga katta pul bilan boshlamang. Demo hisobraqamda yoki kichikroq pul bilan boshlab tajriba orttiring. Platformadan qanday foydalanishni o’rganing. Aksiyalardagi o’zgarishlarni kuzatib boring, o’zgarish sabablarini aniqlang, unga bog’liq yangiliklarni o’qing.
  • O’zingiz tushunadigan soha va biznesga investitsiya qiling. Eng katta risk siz yaxshi tushunmaydigan kompaniya aksiyasini sotib olishdan kelib chiqadi.
  • Agar hali yosh bo’lsangiz va daromad kelib turuvchi manbangiz bo’lmasa, birinchi, daromad manbangizni yarating. Aksiyalarga muntazam investitsiya qilib borish eng yaxshi natija beradi. Buning uchun esa, albatta, muntazam kelib turuvchi daromad kerak.
  • Ingliz tilini o’rganing (agar yaxshi bilmasangiz). Aksiyalarga oid eng ko’p sifatli ma’lumotlar ingliz tilida. Ingliz tilini bilmay ham «eplasangiz» bo’ladi lekin tilni yaxshi bilsangiz juda katta foydasi tegadi.
  • Shaxsiy moliya va investitsiyani o’rganishga vaqtingizni qizg’onmang. Istaysizmi yo’qmi har kuni pul bilan muomala qilishga to’g’ri keladi. Moliyaviy savodxonligingiz yuqori bo’lsa pulga bog’liq aqlli qarorlar qilasiz va bu moliyaviy barqaror hayot qurishingizda muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringizga yuboring

Ushbu maqolaga 3 fikr bildirilgan

  1. Furqat

    Aksiya sotib olmoqchman. 100 dollar bn.qaysi aksiylarni tavsiya qila olasz

  2. Isomiddin

    Asosan qaysi programmalarda ishlash kerak tel.dagi programmalrni xammasi qimorga olib borib quyayaptiyu yani 7option, olyp tred yana va h.k

Fikr bildirish