ETF – Exchange Traded Fund so’zlarining qisqartmasi bo’lib. birjada savdo qilinadigan fond ma’nosini beradi. Aniqroq aytganda, huddi aksiyalar kabi birjada savdo qilinadigan qimmatli qog’ozlar savati. ETFlar barcha turdagi investitsiyalarni, shu jumladan aksiya, tovar, valyuta yoki obligatsiyalarni o’z ichiga olishi mumkin.
Xususan, aksiyalar uchun ETF tarkibida faqat bitta emas, turli sohalarda yuzlab yoki minglab aksiyalar kiritilishi mumkin. ETF tarkibida ba’zan faqat AQSh kompaniyalari kiritilsa, ba’zan xalqaro kompaniyalar aksiyalaridan ETF tuziladi. Ma’lum bir sanoat yoki sektorga ajratilganligi va tarkibida bir necha kompaniyalar bo’lgani sababli, diversifikatsiya qilish uchun ommalashgan moliyaviy instrumentlardan biri. ETFning o’ziga xos tomonlaridan biri, u aksiya kabi birja ochiq vaqtda savdo kuni davomida oldi-sotdi qilinadi. Aynan shu jihati bilan ETFga o’xshash bo’lgan Mutual fund (ikki tomonlama fond) dan farq qiladi.
Hozirda savdo qilinuvchi minglab ETFlar mavjud. Bulardan eng mashhurlari: SPY, QQQ, IVV, VOO, va boshqalar. ETFlarni boshqaruvchi eng yirik fondlar esa, BlackRock, Vanguard, Invesco kabi tashkilotlar hisoblanadi. ETF haqidagi ko’plab ma’lumotlarni etf.com saytidan topishingiz mumkin.
Pingback: ETFga investitsiya qilish halolmi? - UPLIFT