IPO β Initial Public Offering soβzlarining qisqartmasi boβlib, xususiy kompaniya aksiyalarini jamoatchilik sotib olishi uchun ilk bor ommaviy taqdim etish jarayoni hisoblanadi. IPOga investitsiya qilishning risk darajasi yuqori bo’lib, unda qatnashishdan oldin, kompaniyani atroflicha tahlil qilib bir necha muhim jihatlarga e’tibor berish zarur. Buni quyidagicha amalga oshirishingiz mumkin.
1. Umumiy tadqiqot qilishda kompaniya haqida iloji boricha ko’proq ma’lumotga ega bo’ling:
- Kompaniyaning daromad va moliyaviy ko’rsatkichlari shariat me’zonlariga muvofiq kelishi;
- Kompaniyaning moliyaviy holati va IPOda qanchaga baholanayotgani;
- Faoliyat yuritadigan sanoati, raqobatchilari va bozordagi o’rni.
2. Kelgusi reja va istiqbollarini tekshiring:
- IPO orqali jalb qilinadigan mablag’ qayerga sarflanishi;
- Kompaniya boshqaruvining tajribasi va kelgusi rejalari;
- Kompaniya faoliyatida kutilayotgan risk va imkoniyatlar.
3. Qulflanish davri (lockup period) qancha vaqt ekanligini biling:
- Insayderlar IPOdan so’ng ma’lum muddat (odatda 3-6 oy) o’z aksiyalarini sota olmaydi;
- Qulflanish davridan so’ng insayderlarning aksiyaga munosabati namoyon bo’ladi;
- Ko’p hollarda, IPO vaqtida shov-shuv bilan ko’tarilgan aksiya narxi qulflanish davridan so’ng tushib ketadi.
4. Bozor sentimenti qanday ekanligiga e’tibor bering:
- Aksiya bozoridagi holat va IPOlarga bo’lgan qiziqish;
- IPO bo’layotgan kompaniyaga investorlarning umumiy munosabati;
- Aksiyaning IPO narxi o’xshash aksiyalarga nisbatan yuqori yoki past baholanganligi;