Margin of Safety (O’zbek tilida – Xavfsizlik marjasi) investitsiya tamoyillaridan biri bo’lib, investor aksiyalarni bozor narxi ularning haqiqiy qiymati (intrinsic value)dan past bo’lganda sotib oladi. Bu tamoyil qiymat investitsiyasining otasi bo’lgan Benjamin Graham va keyinchalik Warren Buffett tomonidan ommalashtirilgan.
Xavfsizlik marjasi nima uchun muhim?
Xavfsizlik marjasi aksiyani sotib olishda himoya yostig’i vazifasini bajaradi. Ya’ni, aksiyani qimmat sotib olishdan saqlab, ehtimoliy zararlarni kamaytiradi va bozordagi noodatiy tebranishlardan himoya qiladi.
Xavfsizlik marjasi uchun maqbul chegirma foiz
Xavfsizlik marjasi uchun chegirma foiz tanlashda, har bir investor o’zining risk darajasi va investitsiya turidan kelib chiqib qaror qiladi. Ayrim investorlarni 10% xavfsizlik marjasi qoniqtirsa, ayrim investorlar 30% xavfsizlik marjasiga ega bo’lishni maqsad qiladi. Masalan, W. Buffett aksiyani sotib olishda haqiqiy qiymatidan 50% gacha xavfsizlik marjasini qo’llaydi.
Xavfsizlik marjasini qo’llash uchun misol
Cisco Systems (CSCO) misolida ko’rsak, hozirda bu aksiyaning bozordagi narxi $61. Aksiyaning haqiqiy narxini $55 deb olsak va 20% xavfsizlik marjasini qo’llasak, sotib olish uchun narx $44 ekanligi kelib chiqadi. Ya’ni, $44 – aksiyaning haqiqiy qiymatidan 20% chegirma bilan past narxda sotib olish.
Assalamu aleykum yaxshimisiz
Xavfsizlik marjasini qaysi formula bilan qanday malumotlar bilan hisoblasam buladi ?
Vaalaykum assalom,
Xavfsizlik marjasini qo’llashdan oldin, aksiyaning haqiqiy qiymatini aniqlab olish zarur. Haqiqiy qiymati esa DCF kabi turli modellar orqali aniqlanadi.
Aksiyani haqiqiy qiymatini aniqlagandan song xavfsizlik marjasini qanqa qib ishlatadila