Market sentiment (O’zbek tilida – bozor kayfiyati) – investorlarning ma’lum bir aksiyaga yoki qimmatli qog’ozlar bozoriga nisbatan munosabati qanday ekanligini bildiradi. Ko’tarilayotgan narxlar ‘Buqalar bozori’ kayfiyatini ifodalasa, tushayotgan narxlar ‘Ayiqlar bozori’ kayfiyatini ifodalaydi. Bozor kayfiyati qanday ekanligini bir necha ko’rsatkichlar orqali bilish mumkin. Bular quyidagilar:
VIX Indeksi
Bozordagi qo’rquv va xavf-hatar indeksi bo’lib, kelgusi 30 kunlikda bozordagi tebranuvchanlik yohud qo’rquv darajasi qanday bo’lishini tahmin qiladi. VIX ko’rsatkichi 30 dan baland bo’lsa – bozor noaniq, qo’rquv ostida ekanligini; 20 dan past bo’lsa – barqaror va stressiz tahminlarni ifodalaydi.
High-Low Indeksi
52 haftalik eng yuqori narxga chiqqan aksiyalarning sonini 52 haftalik eng quyi narxga tushgan aksiyalar soni bilan taqqoslanadi. Agar indeks yuqori bo’lsa – bozor kayfiyati yuqori (buqa bozori); agar indeks past bo’lsa – bozor kayfiyati past (ayiq bozori). Bu indeks, S&P 500 kabi muayyan aksiya bozori indekslariga nisbatan qo’llaniladi.
BPI Indeksi
Ma’lum bir vaqt oralig’ida ko’tarilish holatidagi (bullish pattern) aktsiyalarning umumiy sonini o’lchaydi. Agar BPI 80% yoki undan yuqori bo’lsa – bozor kayfiyatining optimistik ekanligini anglatadi. Agar BPI 20% yoki undan past bo’lsa – bozor kayfiyati salbiy hisoblanadi.
Market Momentum
O’zining tarkibiga kiruvchi indekslarning bozor sur’ati jadallik bilan o’sayotganini ko’rsatib beruvchi ko’rsatkich. Narxning o’zgarish tezligi, narx o’sayotganda sotib olish va cho’qqiga chiqqanda sotish. Bu ham bozor kayfiyatining o’lchovi sifatida ishlatilishi mumkin.
Bull/Bear nisbati
Professional moliyaviy maslahatchilardan so’rovnoma o’tkazish orqali bozor kayfiyatini aniqlovchi ko’rsatkich. Bu ko’rsatkich har hafta e’lon qilinadi va ma’lum bir aksiya yoki aksiya bozoriga nisbatan investorlarning umumiy xatti-harakatini ifodalaydi. Agar nisbat 1 dan katta bo’lsa, ko’proq ko’tarilish hissi bor. Agar nisbat 1 dan kam bo’lsa, pasayish.