Birinchi navbatda, ikki muhim narsaga diqqat qilishingizni istardik:
Agar sizda yetarlicha bilim va tajriba bo’lmasa, avval investitsiyaga oid bilimingizni oshirishni tavsiya qilamiz. Maqola faqat ma’lumot berish maqsadida tayyorlandi; unda ko’rsatilgan fikrlarni moliyaviy maslahat deb qabul qilmang.
- Kompaniya aksiyasiga investitsiya qilish va undan dividend olish halolmi?
- “Bu ish va undan kelgan foyda halol. Faqat qilinadigan ish ham halol bo’lsa bo’ldi.” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. Manba.
Kompaniya aksiyasini sotib olish, bu kompaniyaning bir qismiga egalik qilish degani. Aksiyaga investitsiya qilish – ribo emas. Aksiyadan oladigan daromadingiz kompaniya qanchalik daromad ko’rishiga bog’liq. Ya’ni, kompaniya daromadlari ko’paygani sari aksiyaning qiymati va sizning foydangiz ortib boradi yoki aksincha. Rahmatli shayx ustozimiz aytganlaridek, muhimi, kompaniya halol faoliyat bilan shug’ullanishi kerak.
Qimmatli qog’ozlarga, xususan aksiyaga, investitsiya kiritish – boylik orttirishning va moliyaviy mustaqilikka erishishning eng samarali usullaridan biri. Dunyoning deyarli barcha boy kishilari investitsiya portfelida aksiyalar o’rin olgan. Shuningdek, yoshligidan aksiya olib-sotib millionerga aylangan va 30 yoshida pensiyaga chiqqanlar ham bir qancha. Lekin investitsiya siz uchun yangi soha bo’lsa, juda chalkash va murakkab bo’lib ko’rinishi mumkin. Fond birjasi haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmaslik oqibatida sarmoyangizning katta qismini yoki hammasini bir zumda yo’qotishingiz mumkin. Shuning uchun, investitsiya qilish asoslarini o’rganish juda muhim. Qanday bilimlarni egallash kerakligini asta-sekin tanishtirib boramiz. Bitta maqolada hamma narsa haqida ma’lumot berishning imkoni yo’q. Qolaversa, bu maqolaning asosiy qismi AQShdan boshqa davlatda yashayotgan yurtdoshlarimiz qanday qilib AQSh aksiyalarini sotib olishga bag’ishlangan. Hozir shu bilan tanishib chiqsak.
Aksiya sotib olish tartibi: hisob raqam ochish
AQSh kompaniyalarining aksiyasini sotib olish uchun AQSh qonunchiligi bilan nazorat qilinadigan Brokerlik firmalaridan hisob raqam ochishingiz kerak. Agar siz AQShda yashasangiz, ko’plab brokerlar yoki banklar orqali hisob raqam ochishingiz mumkin. Charles Schwab, Fidelity, TD Ameritrade kabi brokerlik kompaniyalar shular jumlasidan. Lekin AQShdan boshqa davlatda istiqomat qilsangiz, bunday kompaniyalar soni cheklangan. Ayniqsa, O’zbekistonda sanoqli brokerlik firmalarining xizmatidan foydalana olasiz. Hozirda siz yashayotgan mamlakat nomini quyidagi link orqali kiritsangiz, qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish mumkinligini tezda ko’rishingiz mumkin:
https://www.stockbrokers.com/guides/internationaltrading
Brokerlarni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
- Qonuniy ro’yxatdan o’tganligi va davlat tomonidan nazorat qilinishini tekshiring. AQShda brokerlik faoliyati bilan shugullanish uchun, broker FINRA (The Financial Industry Regulatory Authority) va SEC (Securities and Exchange Commission)dan ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak. Shuningdek, brokerlik faoliyati sug’urta qilingan bo’lishi zarur. Agar bankrot bo’lsa, mijozlar pulini qaytarib olishi uchun. Asosan, SIPC (Securities Investor Protection Corporation) va FDIC (Federal Deposit Insurance Corporation) brokerlar faoliyatini sug’urtalaydi.
- Siz yashaydigan joyda xizmat turi mavjudligini tekshiring. Broker firmalarining saytida xizmat ko’rsatadigan mamlakatlar ro’yxati odatda bo’ladi. Agar topa olmasangiz yoki double-check qilishni xohlasangiz, o’zingiz email/telefon orqali bog’lanib ko’ring.
- Brokerlik xizmatlari uchun to’lovlar miqdoriga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar hisob raqam ochish uchun ham minimal summa talab qiladi. Shuningdek, mahsulot turiga qarab har bir savdo yoki shartnoma uchun xizmat haqi mavjud.
- Savdo qilish mumkin bo’lgan mahsulotlarga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar orqali kripto savdosini qilib bo’lmaydi, ba’zilarida esa Forex yo’q. Siz qanday turdagi birja mahsulotiga investitsiya qilmoqchi bo’lsangiz, broker orqali buni qila olasizmi tekshirib ko’ring.
- Savdo platformasi va interfeys ham muhim ahamiyatga ega. Broker sayti yoki ilovasi bozor tadqiqotlarini amalga oshirish uchun resurslar bilan ta’minlangan bo’lsa yaxshi foydasi tegadi. Agar aksiyalarning bozor qiymati tez yangilanib turmasa, kerakli moliyaviy ko’rsatkichlarni osongina topa olmasangiz, yoki to’lovni amalga oshirishda sayt qotib qolaversa, kayfiyatingiz va ish samarodligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish mumkin?
Quyidagi brokerlar orqali AQSh aksiya bozorida savdo qilishingiz mumkin.
- Firstrade Securities – https://www.firstrade.com/content/en-us/welcome
- TD Ameritrade – https://www.tdameritrade.com/home.page
- Interactive Brokers – https://www.interactivebrokers.com/en/home.php
O’zbekistonda foydalanish mumkin bo’lgan brokerlar ichida, ushbu brokerlarni yaxshi onlayn brokerlar deyish mumkin. Bu brokerlar ancha yillardan beri faoliyat yuritib keladi, qonuniy ro’yxatdan o’tgan va ishonchli. Kerakli hujjatlarni taqdim qilib, hisob raqamni
onlayn ochishingiz mumkin. Hisob raqam ochib, unga pul o’tkazgandan keyin aksiyalarni o’zingiz onlayn savdo qila olasiz.
Agar aksiyalar savdosi bilan jiddiy shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, hisob raqam ochishdan oldin brokerlarni yaxshilab taqqoslab ko’ring. Shoshilmasdan, birinchi yaxshilab o’rganing. Xitoylarda bir maqol bor, “Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt 20 yil oldin edi. Ikkinchi eng
yaxshi vaqt esa hozir.” Huddi shu kabi, biror kompaniyaning aksiyasiga oldinroq investitsiya qilib qo’ymabmanda deb o’ylanish kerak emas. Yaxshi kompaniya aksiyasini arzon sotib olish uchun imkoniyat doim bo’ladi. Siz bu imkoniyatni hozirdan yaratishingiz mumkin: investitsiya haqida o’qishni boshlang.
Savollaringiz bo’lsa kommentda yozib qoldiring.
Freedom finance haqida fikrlaringiz qanday?
Ishlatib ko’rmaganman
brokerlik xizmatlari ishonarlimi
necha pul oladi hizmatlariga
Assalomu alaykum investitsiya bilimini oshirish uchun nimalarni tavsiya qilasiz yoki qaysi kitoblarni maslahat berasiz?
Vaalaykum assalom,
Hozirda onlayn manbalar juda ko’p, lekin o’zbek tilida sifatli ma’lumot va kitoblar cheklangan. Ingliz tilini bilsangiz, Stock Investing for Dummies (Paul Mladjenovic) yoki The Intelligent Investor (Benjamin Graham) kitoblaridan boshlasangiz bo’ladi. Bu sohani jiddiy o’rganmoqchi bo’lsangiz UPLIFT Invest kursi ham bor. https://www.uplift.uz/onlayn-kurs/
assalomualeykum ozbekidtonda amerika blan ishlolidgan saytlan royhatn berolismi tepada korsatilganlarga kirsam ozbekistondan iloj yoqligini yoziwti
Dekak Bu sohada tavakal. Qilishga urin yuq ekanda