Odatda, narxi $5 dan pastda savdo qilinadigan kichik kompaniyalar aksiyalari penny stock deb ataladi. Bu turdagi aksiyalar asosan kichik kompaniyalar tomonidan chiqariladi va savdosi birjadan tashqarida (over-the-counter) amalga oshiriladi. Hozirda ko’plab onlayn brokerlarda penny stockni oldi-sotdi qilish mumkin.
Penny aksiyalarning narxini pastligi va yuqori o’sish imkoniyati, ayniqsa, kichik mablag’ga ega va yangi investorlarni o’ziga tortadi. Lekin penny stockga investitsiya qilishdan oldin uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilib olishingiz muhim.
Ijobiy tomonlari:
- Aksiya narxi qisqa vaqt ichida bir necha barobarga o’sishi mumkin. Bir necha soat yoki kun ichida aksiya narxi 50%-100% va undan ko’proq ham o’sish kuzatiladi.
- Aksiya narxi arzon va kichik mablag’ bilan ko’p aksiya sotib olish mumkin.
- Istiqbolli va hali ko’pchilik nazariga tushmagan yaxshi kompaniya aksiyasini arzon sotib olish mumkin.
Salbiy tomonlari:
- Penny stock chiqargan kompaniyalarning ko’piga ishonch yo’q, ya’ni ba’zilarining real faoliyati mavjud emas (scam), bankrot yoqasiga kelgan yoki faoliyatini endigina boshlagan.
- Tahlil uchun yetarlicha ma’lumot yo’q.
- Aksiya narxi juda tebranuvchan. Aksiyani sotib olib uzoq vaqt ushlab turuvchilar uchun emas.
- Savdo hajmi va likvidligi past.
- Risk darajasi juda yuqori.
Masalan, donasi $0.5 turadigan aksiyadan 200 tani $100ga harid qilishingiz mumkin. Agar narx bir oyda $2ga ko’tarilsa, sizning $100 sarmoyangiz $400ga aylanadi. Agar aksiya narxi 0ga yaqinlashib tushib ketsa, $100 pulingizning hammasini yo’qotasiz.
Xulosa: penny stockga investitsiya qilmoqchi bo’lsangiz, kompaniya haqida ishonchli manbalardan ma’lumot oling va investitsiya kiritmoqchi bo’lgan mablag’ingizni yo’qotish riskiga tayyor bo’ling.
Thanks for your blog, nice to read. Do not stop.
Shunaqa foydali bloglardan ko’proq qo’yip tursez yahshi bo’lardi