You are currently viewing UPLIFT Invest bosh strategiyasi

UPLIFT Invest bosh strategiyasi

Aksiyalarga investitsiya qilishda ko’plab strategiyalar bor. Odatda, investor o’zinng risk darajasi, maqsadi va qadriyatlaridan kelib chiqib ma’lum bir strategiya(lar) asosida aksiyalarga investitsiya qiladi. UPLIFT Invest Onlayn Kursida bir qancha samarali strategiyalar o’rgatiladi. Turli strategiyalarga mos keluvchi aksiyalar o’quvchilarga sotib olish uchun tavsiya qilib boriladi. Tavsiya qilinadigan aksiyalar va o’rgatiladigan barcha strategiyalarni bog’lab turuvchi bosh strategiyamiz mavjud.

UPLIFT INVEST BOSH STRATEGIYASI:

Shariatga muvofiq, sifatli (fundamentali kuchli), va kelajakda salohiyati yuqori bo’lgan aksiyalarni maqbul narxlarda sotib olib, uzoqni ko’zlab investitsiya qilish.

✅ Biz faqat shariat me’zonlariga muvofiq keluvchi aksiyalarga investitsiya qilamiz.
✅ Biz biznes faoliyati sog’lom va fundamentali kuchli bo’lgan aksiyalarga investitsiya qilamiz.
✅ Biz kelajakka investitsiya qilamiz. Kompaniyaning kelgusi yillarda o’sish salohiyatiga alohida ahamiyat beramiz.
✅ Biz aksiyani chuqur tahlil qilamiz va sotib olish uchun maqbul narxlarni belgilab olamiz. Oldindan tahlil qilib belgilab olgan narxlarimizga aksiya yaqinlashsa, sotib olishni boshlaymiz.
✅ Biz uzoqni ko’zlab investitsiya qilamiz. Kompaniyalarning o’sishi, daromadlarini ko’paytirishi va yaxshi natijalar ko’rsatishi uchun vaqt kerak.
UPLIFT Invest Onlayn Kursi orqali siz ham halol va sifatli aksiyalarga muvaffaqiyatli investitsiya qilishingiz mumkin.

Do'stlaringizga yuboring

Fikr bildirish