Birchbox – obuna xizmati bilan shug’ullanuvchi kompaniya bo’lib, har oy 5 6 xil kosmetika mahsulotlarini chiroyli qutichalarda obunachilarning uyiga yetkazib beradi. Obuna qutilari biznesi 2000-yillarda paydo bo’la boshlagan. Birchbox kosmetika sanoatida bu xizmat turini yo’lga qo’ygan eng birinchi va muvaffaqiyatli kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Birchbox haqida qisqacha:
- Asos solingan yil: 2010
- Asoschilar: Katia Beauchamp, Hayley Barna
- Bosh ofis: Nyu York, AQSh
- Faoliyat turi: Kosmetika mahsulotlari obuna xizmati
- Foydalanuvchilar soni: 1 milliondan ortiq obunachi; 2,5 milliondan ortiq faol mijozlar
- (May, 2020)
- Yillik daromadi: 200 million AQSh dollari (2019)
Biznes g’oyasining paydo bo’lishi
Yangi kosmetika mahsulotlarini harid qilishdan oldin ko’pchilikda ikkilanish bo’ladi. «Rostdan ham yaxshi ekanmi?», «Menga mos tusharmikan?» kabi savollar hayoldan o’tadi. Ayniqsa, qimmat va siz bilmagan turfa xil brendlar ichidan o’zingizga mos mahsulotni
tanlash oson emas. Erkaklarga nisbatan buni ayollar yaxshiroq tushunadi va yangi sevimli kosmetika mahsuloti tanlash ayollar uchun «katta muammo» π
Bu muammoga Katia va Hayley ismli Harvard Business Schoolning bitiruvchilari ham duch keladi. Qanday qilib turli xil mahsulotlarni test qilib ko’rish va o’zlariga moslarini tanlab olish mumkinligi ustida bosh qotirib, bu ikki qiz obuna qutisi orqali yechim topadi. Shu tariqa 2010-yilda Birchbox dunyoga keladi.
Birchbox qanday ishlaydi?
Qisqa qilib aytganda, Birchbox quyidagi tartibda ishlaydi:
1. Saytdan ro’yxatdan o’tib o’z profilingizni yaratasiz (qanday turdagi mahsulot, nima ko’proq yoqadi, va h.k.).
2. Oylik obuna turlaridan birini tanlaysiz (1 oy, 6 oy, 12 oy muddat uchun).
3. Profilingizdan kelib chiqib Birchbox sizga har oy obuna qutisini yetkazib beradi.
4. Obuna qutisida asosan kichik hajmli (deluxe size) mahsulotlar bo’lib, sizga yoqqan mahsulotning katta hajmdagisini Birchbox saytidan sotib olishingiz mumkin.
Endi eng qiziq joyini aytsam, Birchbox obuna qutidagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan tekinga oladi. Chunki mahsulot ishlab chiqaruvchilari uchun Birchbox bilan hamkorlik o’ziga xos reklama hisoblanadi. Bu reklama synergy effektini beradi. Bir tomondan, Birchbox o’zining millionlab obunachi va followerlariga mahsulotni tanishtirib
reklama qiladi. Ikkinchi tomondan, mahsulotni harid qilgan mijoz o’zining ijtimoiy tarmog’ida mahsulotni reklama qiladi.
Yana qanday obuna qutilari bor?
Yuqoridagi so’rovnomada keltirilgan kompaniyalar turli sohalarda obuna qutisi biznesi bilan shug’ullanadi. Blue Apron – turli xil ovqatlar uchun barcha masalliqlarni retsepti bilan yetkazib beradi. Dollar Shave Club – erkaklar soqol olishi uchun zarur mahsulotlar bilan har oy ta’minlab turadi. Try the World – dunyoning turli xil shirinliklarini bejirim qutichalarda
obunachilariga yetkazish bilan shug’ullanadi. Hozirda obuna qutisi biznesi bilan shug’ullanuvchi minglab kompaniyalar mavjud. AQShning o’zida bunday kompaniyalar soni 3,500 dan ortiq. Turli mahsulotlar paydo bo’lib
internet foydalanuvchilari sonining oshib borishi bilan bu biznes turi ham doimiy o’sib bormoqda.
O’zbekistonda obuna qutisi biznes modelini qo’llash
Birchboxning o’zbekcha varianti bo’lgan Beautybox bir necha yillardan buyon O’zbekistonda faoliyat yutib kelmoqda. Good Food esa tayyor parhez taomlari uchun obuna xizmatini yo’lga qo’ygan. Bundan tashqari, O’zbekistonda yana bir necha kompaniyalar ham obuna qutisi modelida biznes yuritmoqda. Lekin ularning soni sanoqli. Bozor hali to’yinmagan va imkoniyatlar juda ko’p. Turli xil mahsulotlar uchun obuna qutilari
yaratib yaxshigina daromad qilish mumkin. Muhimi, mahsulotni to’g’ri tanlash va marketingni zo’r yo’lga qo’yish. Siz bu biznes modelni ishlatgan bo’lar edingizmi? Fikrlaringizni kommentda yozib qoldiring.
bir qarashda obuna qutisi biznesi O’zbekistonda yo’lga qo’yish osondek ko’rinadi. Biroq oldinda kutib turgan to’siqlarni inobatga olish muhimroq. Misol uchun: internet tezligi, O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati …