Agarda o’z startapingizni boshlash niyatida yoki biznesingizni yanada kengaytirmoqchi bo’lsangiz, ushbu bepul onlayn kurslar siz uchun. O’zingizga mos vaqtda va ortiqcha harajat qilmasdan dunyoning eng obro’li universitetlari kurslari bilan bilimingizni yanada oshiring. Kurslar ingliz tilida.
1. Startapni qanday boshlash
Stanford University
Kursda nimalarni o’rganasiz?
- Jamoani qanday tuzish;
- Mahsulotni qanday yaratish va foydalanuvchi bilan gaplashish;
- Kapitalni qanday topish;
- Biznes ma’daniyati;
- O’sib boruvchi xizmatlarni yaratish;
- Qanday qilib buyuk kompaniya asoschisi bo’lish.
Kursni qancha vaqtda tugatish mumkin?
- Kurs 20 ta turli videolarni o’z ichiga oladi. Har bir video 50 minutdan.
2. Tadbirkor bo’lish
Massachusetts Institute of Technology
Kursda nimalarni o’rganasiz?
- Tadbirkorlik haqida eng ko’p tarqalgan miflar va ularni yengib o’tish;
- Tadbirkor yoki startap sifatida maqsadni qanday aniqlashtirib olish;
- Biznes imkoniyatlarni qanday aniqlash;
- Bozor tadqiqotini qanday amalga oshirish va iste’molchini target qilish;
- Mahsulot dizayni va sinab ko’rish;
- Iste’molchilarni topish va mahsulotni sotish.
Kursni qancha vaqtda tugatish mumkin?
- Har hafta 1-2 soatdan vaqt ajratsangiz, 6 haftada tugatish mumkin.
3. Biznes reja tuzishning ikir-chikirlari
Massachusetts Institute of Technology
Kursda nimalarni o’rganasiz?
- Biznes g’oyani qanday aniqlashtirish va taqdim etish;
- Marketing va savdo rejalarini tuzish;
- Biznes modelni to’g’ri tanlash;
- Moliyaviy loyihalarni qanday rivojlantirish;
- Rejani qanday amalga oshirish
Kursni qancha vaqtda tugatish mumkin?
- Kurs 6 ta turli videolarni o’z ichiga oladi. Har bir video 1 soatdan.
4. Startapni yo’lga qo’yish
Wharton (University of Pennsylvania)
Kursda nimalarni o’rganasiz?
- Yangi mahsulotni qanday yaratish;
- Jamoani qanday tuzish;
- Networkni qanday qurish;
- Brendni qanday yaratish;
- Brend va mahsulotni bozorga olib kirish.
Kursni qancha vaqtda tugatish mumkin?
- O’rtacha 8 soatda.
5. Rivojlanayotgan davlatlarda tadbirkorlik
Harvard University
Kursda nimalarni o’rganasiz?
- Rivojlanayotgan davlatlarda tadbirkorlik uchun imkoniyatlar;
- Tadbirkorlik imkoniyatlarini to’g’ri baholash;
- Muammolarga kreativ yechim topish.
Kursni qancha vaqtda tugatish mumkin?
- Har hafta 3-5 soatdan vaqt ajratsangiz, 6 haftada tugatish mumkin.
6. Moliyalashtirish va rentabellik
Wharton (University of Pennsylvania)
Kursda nimalarni o’rganasiz?
- To’g’ri biznes modelni tanlash;
- Eng yaxshi mijozlarni ushlab qolish;
- Biznesni moliyalashtirishning to’g’ri usulini tanlash;
- Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblash;
- Investorlarni jalb qilish.
Kursni qancha vaqtda tugatish mumkin?
- O’rtacha 6 soatda.
7. Tadbirkorlik asoslari: O’ylash va amalga oshirish
University of California, Irvine
Kursda nimalarni o’rganasiz?
- Tadbirkorlik jarayoni va uni boshqarish;
- Biznes g’oyalar uchun imkoniyatlarni aniqlash;
- Tadbirkorlik yondashuv, tushuncha va usullarni tatbiq qilish;
- Tadbirkorlikdagi qiyinchiliklarni yengib o’tish
Kursni qancha vaqtda tugatish mumkin?
- O’rtacha 4 soatda.