You are currently viewing Tadbirkor va startap ish unumdorligini oshiruvchi zamonaviy vositalar (BEPUL)

Tadbirkor va startap ish unumdorligini oshiruvchi zamonaviy vositalar (BEPUL)

Tan olish kerak, tadbirkor yoki yangi kompaniya juda ham band bo’ladi. Qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’p lekin ularni amalga oshirish uchun vaqt yetishmaydi. Yaxshiyamki, hozirgi kunda ishbilarmonlar ishini samarali va oson boshqarishi uchun mo’ljallangan ko’plab vositalar (mobil ilova, dastur, xizmatlar, va h.k.) mavjud. Bu vositalar sizga loyihalarni qulay boshqarish, hamkasblar bilan oson axborot almashish, byudjetingizni nazorat qilish va boshqa qulayliklar bilan vaqtingizdan samarali foydalanishga yordam beradi.

Trello 

Ish jarayonini tashkillashtirish va loyiha boshqaruvi uchun ajoyib vosita. Trello doskasida har bir qilinishi kerak bo’lgan ishlar uchun kartalar yaratib ketma-ketlikda joylashtirasiz. Kartaga o’zingiz xohlagandek nom berishingiz, fayl yuklashingiz, boshqalar uchun izoh qoldirishingiz, sanani belgilashingiz va boshqa ko’plab ma’lumotlarni kiritishingiz mumkin. Agar Trelloni guruh bo’lib ishlatsangiz, kim nima qilayotgani va ishlar qaysi bosqichda ekanligini osongina kuzatish mumkin. Trelloni yirik loyihalarni boshqarishdan tortib, kundalik ishlarni rejalashtirish, muhim eslatmalarni saqlash kabi turli maqsadlarda ishlatilishingiz mumkin.

Saytga o’tish β†’

Google Docs

Googlening bu xizmatini ko’pchiligingiz allaqachon ishlatayotgan bo’lishingiz mumkin. Google Docs bir necha foydalanuvchi bir xil fayl (Doc, Sheet, Slide) ustida ishlash uchun eng qulay vosita hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida har bir foydalanuvchi matn yozishi yoki o’zgartirishi, Excel kabi hisob-kitoblar qilishi va prezentatsiyalar yaratishi mumkin. Faylga kim, qachon va qanday o’zgartirish kiritilgani ko’rinib turadi va avtomatik onlayn saqlanadi.

Saytga o’tish β†’

Slack

Slack – guruh yoki jamoa bo’lib ishlash uchun qulay aloqa vositasi. Slack orqali turli loyiha va mavzular bo’yicha jamoaviy kanallar ochishingiz va ish qanday ketayotganini qulay kuzatib borishingiz mumkin. Har bir ma’lumot sizga qarashli turli qurilmalarda avtomatik saqlanib qoladi. Slackni Google Drive, Trello, Hubspot kabi ko’plab boshqa ilovalarga integratsiyalab olishingiz mumkin.

Saytga o’tish β†’

Evernote

Evernote eslatmalarni saqlash uchun eng zo’r yechim. G’oya va fikrlar, qilishingiz kerak bo’lgan ishlar, rasmlar, kerakli fayllar, kun tartibi, va umuman saqlab qo’yishingiz muhim bo’lgan hamma narsalar qulay ko’rinishda bir joyda bo’ladi. Ma’lumotlarni oflayn ko’rish va  boshqalar bilan bo’lishish imkoni ham mavjud.

Saytga o’tish β†’

7-Minute Workout

Ish yoki o’qish bilan band bo’lib sog’likni esdan chiqarmaslik kerak. Jismonan tetik va sog’lom bo’lishingiz ish unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. 7-Minute Workout mobil ilovasida uy yoki ofis sharoitida bemalol bajarishingiz mumkin bo’lgan mashqlar jamlangan. Tananing har xil qismi uchun mo’ljallangan 12 xil mashqlar bo’lib, bu mashqlarni qanday bajarishingizni ilova sizga ko’rsatib turadi. Jami 7 minut vaqtingizni oladi. 

Saytga o’tish β†’

Canva

Canvadagi minglab dizayn shablonlar yordamida osongina buklet, logotip, reklama bannerlari, prezentatsiya, e’lon, taklifnoma, infografika va juda ko’plab turdagi dizayn rasmlarni bemalol yasashingiz mumkin. Canvani ishlatish professional dizaynerlik mahoratni talab qilinmaydi. Foydalanish juda oson. Sayt va mobil ilovasi mavjud.

Saytga o’tish β†’

Google Drive

Google Drive fayllarni (hujjat, rasm, video, va h.k.) onlayn saqlash uchun sizga bepul 15GB beradi. Fayllarga istalgan vaqtda, istalgan joydan, istalgan qurilma orqali kirish mumkin. Shuningdek, fayllarni shaxsiy saqlashingiz yoki boshqalar yuklab olishi uchun jo’natishingiz mumkin. 

Saytga o’tish β†’

Forest

Telefonga chalg’imasdan ish/o’qishga diqqatingizni qaratish uchun ajoyib vosita. O’yinga o’xshatib yaratilgan bu mobil ilova telefonga behuda vaqt sarflamay muhim ishlaringizga asosiy e’tibor berishga undaydi. Ishlatish juda oddiy va qiziq – diqqatingizni jamlashni istagan paytingiz Forestda daraxt ko’chati ekasiz va telefonni bir chetga qo’yib qo’yasiz. Telefonga tegmay ishlaringizni qilish mobaynida ko’chat o’sib katta daraxtga aylanadi. Forestni ko’proq ishlatganingiz sari turfa xil daraxtlarlardan iborat chiroyli o’rmoningizni yaratishingiz mumkin. Bonuslarga ham ega bo’lasiz.

Saytga o’tish β†’

CamScanner

CamScanner mobil ilovasi orqali hujjatlarni mobil telefoningizda skaner qilishingiz mumkin. Skaner qilingan hujjatlar rasm yoki pdf formatida elektron saqlanadi.

Saytga o’tish β†’

Money Manager Expense & Budget

Bu mobil ilova shaxsiy yoki biznes kirim-chiqimlarini nazorat qilish imkonini beradi. Ishlatilgan yoki kelib tushgan pul summasini kategoriyalar bo’yicha kiritasiz va mobil ilova sizga turli statistika va grafiklar bilan daromad va xarajatlaringiz haqida ma’lumotlar taqdim qiladi. Rus tilida ham ishlaydi.

Saytga o’tish β†’

Do'stlaringizga yuboring

Ushbu maqolaga 2 fikr bildirilgan

  1. Nurjon

    Saytga gap yo’q.Ishlarga omad.

Fikr bildirish