Hamma xato qiladi. Biz bilgan mashxur kompaniyalar ham bundan mustasno emas. Ayrim yirik kompaniyalarning biznesda qilgan ba’zi xatolarini eshitib kulgingiz ham keladi. Bu maqolada marketing tarixida sodir bo’lgan eng ahmoqona xatolarga bir necha misollar keltiramiz.
1. Dove: Ratsist reklama
2017-yil Dove kompaniyasi o’zining Facebook sahifasida mahsulotini reklama qilib bir rasm qo’yadi. Rasm 4 qismdan iborat bo’lib, birinchi 3 qismda Afro-amerikalik qora tanli qiz futbolkasini yechayotgan holati va 4-qismda futbolkani yechgandan so’ng boshqa bir oppoq qizning rasmi. Bu rasm huddi Dove yuvinish vositasidan foydalangan qora tanli qizning oq qizga aylanib qolganidek tasavvur uyg’otadi.
2. Coca Cola: Buzilmagan narsani tuzatishga harakat
Ko’pchiligimiz reklamalarini yoqtirib tomosha qiladigan Coca Cola kompaniyasining bu xatosi, marketingda qilingan xatolar ichida klassik hisoblanadi. Kompaniyaning tadqiqotchilari xaridorlar ko’proq Pepsining shirinroq ta’mga ega ichimliklarini afzal ko’rishini aniqlaydi va 1985-yilda formulasi o’zgargan ‘New Coke’ni taqdim qiladi. Yangi Coke omma tomonidan keskin salbiy qabul qilinadi. Yillar davomida sevib iste’mol qilib kelgan ichimlikning ta’mi butunlay o’zgarishi hech kimga yoqmaydi. Kompaniya ‘New Coke’ni sotuvdan qaytarib olishga majbur bo’ladi. Original formula bilan ishlab chiqarilgan Coke yana bozorga qaytadi. Bu safar unga ‘Coca Cola Classic’ deb nom beriladi.
3. Facebook: Puerto Rikoga VR sayohat
Facebook qilgan eng qo’pol xatolardan biri 2017-yil Puerto Rikoda o’zining yangi VR (virtual reallik) mahsulotini ommaga tanishtirishda yuz bergan. Mark Zukerberg va Facebookning VR bo’limi boshlig’i yangi mahsulot imkoniyatlarini tanishtirish uchun Puerto Rikoga virtual sayohat qiladi. Ayni paytda, Puerto Riko tarixidagi eng katta to’fon hisoblanmish Maria To’fonidan aziyat chekayotgan edi. Virtual sayohatda dastlab Puerto Rikoning tabiat manzaralari ko’rsatilib, birozdan so’ng Zukerberg va hamkasbining animatsion avatarlari vayronalar ustida paydo bo’ladi. To’fon oqibatida vayron bo’lgan binolar ustida jilmayib yurgan Zukerberg shunday so’zlarni ishlatadi: «Bu VR mahsulotning mo’jizaviy tomoni shundaki, u siz ko’rayotgan joyingizda rostdan ham boβlgandek haqiqiy hissiyotni taqdim qiladi». Bu ham yetmaganidek, ikki hamkasb βhigh-fiveβ qilishadi. Falokatga uchragan odamlarga hamdardlik bildirish o’rniga, Zukerbergning xursand holatda mahsulotning namoyish qilishi keskin qarshilikka uchraydi.
4. GAP: 6 kunlik re-brending
Mashxur brendning logotipi 6 kunga yangilanib yana o’z holiga qaytgani haqida eshitganmisiz? Bu marketing xatosi kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi GAP kompaniyasiga tegishli. 2010-yil Oktabr oyida GAP o’zining yangilangan logotip taqdimotini oβtkazadi. Logotipda uning o’ziga xos Serif fonti Helvetica fontiga o’zgartirilib orqadagi rang juda ham kichiklashtiriladi. Yangi logotipga reaksiya shunchalik yomon bo’ladiki, 6 kundan keyin GAP yana o’zining eski logotipiga qaytadi.
5. Timothyβs Coffee: Vaβda berdingmi bajar
Kanadaning yirik kofe kompaniyasi, Timothyβs Coffee, ijtimoiy tarmoqlarda oβzining obunachilarini koβpaytirish maqsadida obuna boβlgan har bir odam uchun tekin kofe aksiyasini oβtkazadi. Aslida 2 hafta davom etishi kerak boβlgan bu aksiya 3 kunga bormay yakuniga yetadi. Sababi – Timothyβs Coffeening zahirasidagi hamma kofe yangi qoβshilayotgan obunachilar soni koβpligidan tugab qoladi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarda koβplab kuzatuvchilarga ega boβlish uchun turli aksiyalar (kupon, sovgβa, tekin mahsulot va h.k.) oβtkazish samarali usullardan biri hisoblanadi. Lekin Timothyβs kabi hisob-kitob qilmasdan vaβda berib bajara olmay qolish, brend imidjini tushirib yuboradi. Timothyβs Coffee ham aksiya shartlarini bajara olmagani uchun barcha isteβmolchilardan uzr soβrashga majbur boβladi.
6. Pepsi : Noto’g’ri tarjima
Coca Colaning asosiy raqibi hisoblanmish Pepsi kompaniyasi ham marketingda katta xatolarga yo’l qo’yishdan mustasno emas. Pepsi ilk bor Xitoy bozoriga kirib borganda, o’ziga quyidagicha shior tanlaydi: «Pepsi sizni hayotga qaytaradi». Bu ibora Xitoy tiliga tarjima qilinib reklama qilish boshlanadi. Pepsi hodimlari tarjimada xato borligini esa ancha kech anglab yetishadi. Tarjimada kichik xato boβlsa ham mayli edi, ibora umuman boshqacha qilib tarjima qilingani maβlum boβladi – «Pepsi sizning ajdodlaringizni qabrdan tiriltiradi».
Bu xatolarni keltirishdan maqsad, yuqorida koβrsatilgan kompaniyalar ustidan kulish emas, aksincha, muvaffaqiyatli yirik kompaniyalar ham biznesda katta xatolar qilishini va biz bu xatolarni oβrganib, kelajakda o’xshash xatolarni takrorlamaslikka chaqirish. Bu kabi qoβpol xatolarni siz takrorlamang lekin yangicha xatolar qilishingiz mumkin (hazil).