You are currently viewing Viruslar tarixi yohud pandemiyalar jamiyatga qanday ta’sir ko’rsatgan?

Viruslar tarixi yohud pandemiyalar jamiyatga qanday ta’sir ko’rsatgan?

  • Post category:Jamiyat
  • Bildirilgan fikrlar:0 Fikrlar

Koronavirus bugungi jamiyatimizda katta o’zgarishlar qila oladimi? Ha, agar u insoniyat tarixi davomida sodir bo’lgan boshqa pandemiyalarga o’xshasa. Yuqumli kasalliklar davomiy ravishda insoniyat svilizatsiyasiga ta’sir o’tkazib kelgan. Quyida tarixda sodir bo’lgan pandemiyalar jamiyat tuzilishiga qanday ta’sir ko’rsatgani haqida ma’lumot beramiz.

Pandemiyalar millionlab insonlarni o’limiga va chuqur iqtisodiy inqirozlaga sabab bo’lishidan tashqari, har gal jamiyat hayotiga ma’daniy, siyosiy hamda ijtimoiy o’zgarishlarni olib ketgan. Aksariyat holatlarda bu o’zgarishlar pandemiyaning o’zidanda uzoqroq vaqt davomida saqlanib qolgan. Tarixda sodir bo’lgan eng katta pandemiyalar hisbolanuvchi Afina vabosi, Qora o’lat va Ispan grippi misolida ma’lum bo’ladiki, kasalliklarga qarshi kurashish jarayonida jamiyatdagi sog’liqni saqlash, iqtisodiyot, din va odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatga kirishish, ish jaroyoni kabilar katta o’zgarishlarga uchragan. Britaniyalik siyosatchi Dr.Liam Foks qayd etganidek, “pandemiyadan keyingi hayot xech qachon avvalgidek bo’lmagan, bu safargisi (COVID 19) ham bundan mustasno emas”.

Ingliz tili o’qituvchisi karantin holatida o’quvchilarga onlayn dars o’tmoqda.

Tarixdan bizgacha ma’lumotlari yetib kelgan eng birinchi pandemiya bu Afina vabosi hisoblanadi.

U miloddan avvalgi 430-yilda, Poleponnes urishi davomida Afinada yuz bergan. To’satdan paydo bo’lgan vabo shundoq ham qiyin ahvolda qolgan Afinani Sapartaga mag’lub bo’lishida hal qiluvchi rol o’ynagan. Keyinchalik, yuqumli kasalliklar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ham ta’sir o’tkazgan. Bundan tashqari, asrlar davomida sodir bo’lib turgan pandemiyalar natijasida odamlar turli xil bazmlar, o’yin-kulgilarni va xattoki jinsiy aloqaga kirishishdan ham o’zlarini tiyib turishgan. Bu narsalar esa, ularni dinga yanada yaqinroq bo’lishga, chuqurroq yondashishga sabab bo’lgan. Masalan, milodning 540-yilida sodir bo’lgan Yustinian vabosi, O’rtayer dengizi bo’ylab Xristian dini tarqalishini tezlashtirib yuborgan.

Nicolas Poussin tomonidan chizilgan «Afina vabosi» rasmi

Insoniyat tarixidagi eng ayovsiz va qirg’in keltiruvchi vabo, Qora o’lat, 1347-yildan boshlab Sitsiliyada tarqala boshlagan.

Sekin-astalik bilan u butun Yevropa bo’ylab tarqalib 200 millionga yaqin odamning yostig’ini quritgan. Tasavvur qilishingiz uchun: 14-asrdagi 200 million odam butun yer yuzi aholisining qariyb 60%ini tashkil qilgan. Bugun bizga juda yaxshi tanish bo’lgan “karantin” iborasi ham ilk marotaba 14-asr Venetsiyada vujudga kelgan. Quaranta giorni deb atalgan maxsus qaror, shahar portlariga kelgan kemalarni 40 kun davomida o’z-o’zini izolyatsiya qilishi majburiyatini yuklagan. Qora o’latdan meros qolgan eng katta o’zgarish bu-Yevropada nisbatan qoniqarli tibbiyot muassasalarini vujudga kelishi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu vabo jamiyatni ijtimoiy-siyosiy strukturasida katta burlishga sabab bo’lgan. Aynan Qora o’lat tufayli Yevropada feodalizm tizimi katta zarbaga uchragan: mehnatga layoqatli, ishchi aholining katta qismi vafot etishi natijasida feodallar yerlarida mehnat qiluvchi ishchilar yetishmovchiligi vujudga kelgan. Bu esa o’z navbatida dehqonlarga yaxshiroq shart va maosh olib ishlashlari uchun feodal bilan muzokara o’tkazish imkoniyatini yaratib bergan.

O’rta asrlarda Yevropani vayron qilgan Qora o’latni tasvirlovchi Piter Bryugelning «O’latning g’alabasi» rasmi

Bugungi Koronavirus ham hayotimizga katta o’zgarishlarni olib kirib bo’ldi: ijtimoiy hayotimiz virtuallashdi.

Xatto G-7 mamlakatlar liderlari ham o’z anjumanlarini onlayn tarzda o’tkazishdi. Millionlab odamlar uydan turib ham ishlashga, restoran menyusini uyga buyurtma berishga ko’nikishdi. Ta’lim tizimi esa ko’p vaqt davomida inqilobiy deb ta’rif berilgan lekin virus tufayligina to’satdan, “inqilobiy” yo’l bilan onlayn tizimga ag’darib tashlandi. Virusni iqtisodiy oqibatlari esa insoniyat butun tarixi davomidagi eng katta inqirozlarni va’da qilmoqda. Agar tarixda sodir bo’lgan pandemiyalardan hulosa chiqaradigan bo’lsak, Koronavirus ham bizni hayotimizda katta o’zgarishlarni olib kelishini tushunish uncha qiyin bo’lmaydi. Bu haqida keyingi maqolalarimizda yana to’xtalib o’tamiz.

Do'stlaringizga yuboring

Fikr bildirish