Benjamin Grahamning «Intelligent Investor» kitobi investitsiya haqida yozilgan eng sara kitoblardan biri (W. Buffett nazdida #1 kitob). Ushbu kitobda, ‘qiymatga investitsiya’ qilish uchun juda kerakli ma’lumotlar berilgan. Quyida bu kitobda keltirilgan ba’zi muhim ko’rsatmalarni eslatib o’tamiz. Kitobni o’qiganlarga eslatma, o’qimaganlarga esa tavsiya.
β«οΈ Investitsiya va Spekulyatsiya o’rtasida katta farq bor. Aqlli investor spekulyatsiya qilmaydi;
β«οΈ Aqlli investor kompaniyaning faoliyatini va uzoq muddatda o’sishini doim tahlil qiladi;
β«οΈ Aqlli investor investitsiyalarni diversifikatsiya qilish orqali o’zini himoya qiladi;
β«οΈ Aqqli investor e’tiborini xavfsiz va barqaror daromadga qaratadi;
β«οΈ Aktiv yoki Passiv yo’l bilan ham aqlli investitsiyalar qilish mumkin. Faqat investitsiya portfelini to’g’ri shakllantirish kerak;
β«οΈ Aqlli investor bozorning qisqa muddatdagi irratsional o’zgarishiga e’tibor bermaydi;
β«οΈ Aqlli investor doim ‘xavfsizlik marjasi’ga (margin of safety) ega bo’ladi.