You are currently viewing Robin Sharmaning «Ertalabki soat 5 klubi» kitobi

Robin Sharmaning «Ertalabki soat 5 klubi» kitobi

  • Post category:Kitoblar
  • Bildirilgan fikrlar:0 Fikrlar

«Ertalabki soat 5 klubi (The 5 A.M. Club)» kitobi ertalab barvaqt turishning qanchalar muhimligini ko’rsatib beruvchi va kunni samarali boshlash uchun zarur tavsiyalarni o’zida aks ettirgan kitob. Quyida ushbu kitobda keltirilgan ba’zi muhim g’oyalarni qisqacha eslatib o’tmoqchimiz. Kitobni o’qiganlarga eslatma, o’qimaganlarga esa tavsiya.

  • Ko’plab muvaffaqiyatli kishilar erta turishga odatlangan;
  • Hayotingizni yaxshilash va ishlarni samarali tashkil etish uchun barvaqt uyg’oning;
  • Ertalab 5da uyg’onib, birinchi soatda 20/20/20 rejimiga amal qiling: 20 daqiqa – badantarbiya, 20 daqiqa – meditatsiya; 20 daqiqa – o’qish;
  • Vaqtli uyg’onganingizda miya o’zining eng yaxshi holatida bo’ladi va ishlarni a’lo darajada bajarish imkonini beradi;
  • Chuqur uyqu samaradorlikka erishish uchun muhim ahamiyatga ega. Diqqatni tortuvchi turli qurilmalardan holi erta uyquga yoting;
  • O’zgarish avvaliga qiyin, o’rtada tartibsiz, so’ngida esa go’zal bo’ladi;
  • Turli bahonalar hayotingizni yaxshilash uchun ish bermaydi. Erta uyg’onish odatini oldin shakllantirmagan bo’lsangiz, buni hozir ham qila olmaysiz degani emas.

P.S. Musulmonlar nega Bomdod namoziga uyg’onib kunni erta boshlashi kerakligini boshqa tomondan muhokama qiluvchi kitob.

Do'stlaringizga yuboring

Fikr bildirish