1-bosqich: o’rganish va boshlash
Investitsiyani yangi boshlayotgan bo’lsangiz, birinchi navbatda, bilim oling. Kichikroq mablag’ bilan turli aksiyalarda tajriba orttiring. Agar daromadingiz faqat 1 manbadan kelsa, qo’shimcha ish/biznes qiling, yangi kasblarni o’rganing va turli daromad manbalarini yarating. Dastlab quyidagilarga investitsiya qiling:
– Bilim olishga;
– Qo’shimcha ish/biznesingizga;
– Turli aksiyalarga.
2-bosqich: o’sish va rivojlantirish
Bilim va tajribangizga tayanib yuqori o’suvchi aksiyalarni mohirlik bilan tanlang. Qo’shimcha daromadlaringizni biznesingiz rivojlanishi uchun sarflang. Kapitalingiz ko’paygani sari ko’chmas mulk va biznes loyihalariga sarmoya kiriting. Quyidagilarga investitsiya qiling:
– O’sish aksiyalariga;
– Qo’shimcha ish/biznesingizni yanada kengaytirishga;
– Ko’chmas mulkka;
– Startaplarga.
3-bosqich: barqarorlikni ta’minlash
Agar istak va ehtijoylaringiz uchun yetarli mablagβingiz bo’lsa (moliyaviy mustaqillik), asosiy e’tiborni pulni yo’qotmaslikka qarating. Risk darajasi pastroq va barqaror o’suvchi instrumentlarga investitsiya qiling:
– Ko’chmas mulkka;
– Qiymat va dividend aksiyalariga;
– Qimmatbaho metallarga.