Aksiyalar sotib olishda ko’pincha almashinib ishlatiladigan Trading va Investing haqida to’xtalib, o’zimizning pozitsiyamizni aytib o’tmoqchimiz.
Bizning pozitsiya – Investing. Sizlarga ham shuni tavsiya qilamiz. Chunki qisqacha qilib aytganda, Investingda:
- Shariatga ko’ra, agar kompaniya halol faoliyat bilan shug’ullansa, uning aksiyasini sotib olish joiz. Aksiya shariatga muvofiqligini tekshirish uchun sha’riy me’zon va standardlar mavjud;
- Aksiya sotib olishdan oldin kompaniya faoliyatini har tomonlama o’rganib chiqa olasiz (fundamental analiz);
- Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish orqali riskni kamaytira olasiz;
- Yillar davomida aksiya qiymatining o’sishi va murakkab foizning kuchi bilan yaxshigina daromad qilishingiz mumkin;
- Investingni qancha erta boshlasangiz, shuncha erta moliyaviy mustaqillikka erisha olasiz.
«Nima uchun Trading emas?» degan savolga javob quyidagicha:
- Trading operatsiyalari amalga oshiriladigan Forex tizimi shariatga ko’ra joiz emas (Forexni halol deb da’vo qiluvchilar mana bu videoni (https://youtu.be/V6a8gdnIT10) ko’rishsin);
- Valyuta kurslari yoki qimmatli qog’ozlar tahlili asosan texnik analiz va spekulyatsiyaga asoslangan;
- Risk yuqori va riskni diversifikatsiya qilishning deyarli iloji yo’q;
- Individual treyderlarning 90%dan ko’pi pulini yo’qotadi;
- Kim nima desa ham, Trading orqali qisqa vaqtda boyib ketish haqiqatdan ancha yiroq.
Juda zor
Salom qandayqilib organiwim mumkin
Oʻrganmoqchiman qanday oʻrgansam boʻladi?Qiziqaman
Qanday o’rganish mumkin