Maktabda Tasviriy san’at darsida rasm chizishni o’rganamizβ¦ Bilogiyada hujayra va to’qimalarning regeneratsiya jarayoni haqida o’qiymizβ¦ Geometriyada turli xil formulalarni yodlaymizβ¦ Bu fanlarning hammasining o’z o’rni bor, albatta. O’qitilishi kerak. Dunyoqarashimizga va kelajakda tanlaydigan kasbimizga maktabda o’qitiladigan fanlar bevosita ta’sir qiladi. Lekin kundalik hayotda bu fanlarning hammasini ham ishlatamizmi? Masalan, siz bir kunda Uchburchakning yuzini necha marta hisoblab ko’rasiz?
Ammo, qaysi kasbni egallashimizdan qat’iy nazar, kundalik hayotda biz doim duch keladigan narsa, maktab u yoqda tursin oliy o’quv yurtlarida ham o’qitilmaydi. Bu – Shaxsiy moliya va pulni qanday boshqarish. Istaysizmi yo’qmi, har kuni pul munosabatlarida bevosita ishtirok etamiz. Qanday qilib pul topish, jamg’arish va sarflashga doir har kuni turli qarorlar qabul qilamiz. Bu qarorlarimiz hozirgi va kelgusidagi moliyaviy holatimizni belgilab beradi. Qancha ko’p pul topishingizga qaramasdan, daromad va harajatlaringizni to’g’ri boshqarmay, yetarlicha jamg’arib investitsiya qilmasangiz, topgan pulingiz bir cho’ntakdan kirib ikkinchisidan chiqib ketaveradi.
Xullas, Shaxsiy moliyaning asoslarini mustaqil bo’lsa ham asta-sekin o’rganib olish kerak. Buni qancha erta qilsangiz, kelajakdagi moliyaviy holatingizga shuncha yaxshi ta’sir qiladi. Moliyaviy savodxonligingizni UPLIFT saytida va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida beriladigan ma’lumotlar orqali oshirib borishingiz mumkin.
Qanday kitob tavsiya qilasiz moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun