1-qoida: Hech qachon pulingni yo’qotma.
2-qoida: Hech qachon 1-qoidani unutma.
Bu qoidalar aksiyalarga investitsiya qilish haqida bo’lib, Warren Buffett aytgan mashhur iboralardan biri. Lekin qanday qilib pulni yo’qotmaslik mumkin? Buffettning o’zi ham 2008-yilgi moliyaviy inqirozda $23 milliardga yaqin pulini yo’qotgan… Xo’sh, unda Buffett bu qoidalar bilan nima demoqchi?
Buffettning 1-qoida haqida aytgan fikrlarini o’rganib chiqib, bu qoida aslida investor uchun quyidagilarni anglatadi deyishimiz mumkin:
- Spekulyatsiya qilmang va investitsiyaga qimor kabi qaramang.
- Aksiyani haqiqiy qiymatidan arzon bo’lganda sotib oling.
- Biror kimni fikriga shunchaki ishonib investitsiya qilmang.
- Kompaniya haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ling.
- O’zingiz yaxshi tushunmaydigan faoliyat turlariga pul kiritmang.
- Fundamental tahlilga e’tibor bering.
Ha, «Hech qachon pulingni yo’qotma» degan gapning tagida shuncha ma’no bor. Shuning uchun ham bu qoida Buffett doim amal qiladigan #1 qoida. 2-qoida esa 1-qoidani muhim ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi.