Amerikalik mashxur yozuvchi Donald Valsh (Donald Walsch) ta’kidlaganidek: “Hayotingiz siz komfort zonani tark etganizdan so’ng boshlanadi”. Tarixdagi eng buyuk kashfiyotlaru, aql bovar qilmas o’zgarishlar odamzotning eng qiyin, og’ir davrlarida sodir bo’lgan. Asrlar davomidagi yuqumli kasalliklar natijasida olimlar va tibbiyot xodimlari tinimsiz izlanishda bo’lishgan va 1796-yilga kelibgina Edvard Jenner tomonidan ilk vaksina yaratilgan. Birinchi Jahon Urushida arzimas yallig’lanishdan ham nobud bo’layotgan minglab insonlarni ko’rgan Aleksandr Fleming esa, 1928-yilda penitsillinni kashf etgan.
Xuddi shuningdek, siz ham o’z hayotingizdagi eng katta yutuq va o’zgarishlarga oldingizda turgan qiyinchiliklarni yengibgina erisha olishingiz mumkin. Ko’pchilik insonlar hayotlari davomida juda ko’p reja va maqsadlar qiladilar lekin juda kamchilikgina sokin hayotini buzib, maqsadlar sari dadil qadam tashlay oladi. Agar sizda kelajagingiz bilan bog’liq ulkan maqsadlar bo’lsa-yu, o’sha maqsadga erishmasdan ham bugun yashayotgan hayotingizni normal deb hisoblay boshlagan bo’lsangiz, bilingki siz komfort zona dasiz. Bu shunday qobiqki, sizni harakat qilishdan, intilishdan tiyib turadi. Odatiy, kundalik hayotingizni atrofdagilar hayoti bilan solishtirish, o’z-o’zingizdan qoniqish kabi normalarni vujudga keltiradi. Natija shu darajada qo’rqinchili bo’lishi mumkinki, bugungi minimal halovatni deb siz bir umr orzular sari qadam tashlashdan qo’rqib yashayverasiz.
Xo’sh, agar komfort zona shunchalik normal tuyilsa va aslida biz istagan ko’p narsalar u yerda mavjud bo’lsa, nega endi biz u yerni tark etib, o’zimiz uchun noma’lum reallik sari qadam tashlashimiz kerak? Haqli savol. Komfort zonani tark eta olmaslik natijasida siz, quyidagi 3 ta bebaho narsalarni yo’qotasiz.
1. U sizni o’sishdan to’sib qoladi.
Hayot aslida o’sish yoki aksincha, bir joyda qotib, o’lishdan iborat. Siz kamfort zonangizda qo’pol qilib aytganda yashashdan to’xtab qolasiz. Hayot – harakatdan iborat. Bugungi o’zingizdan ustunroq bo’lishning yagona yo’li – “tashqariga chiqish”.
2. U sizni yangi marralarga erishishdan tiyib turadi.
Hayotning eng muhim qoidalaridan biri bu har kim o’zini nimalarga qodir ekanligini anglab yetishi va o’zini shu yo’lga bag’ishlashi lozim. Shundagina inson chinakam baxtga erishishi mumkin. Lekin ko’pchiligimiz uchun bu narsani aniqlaguncha juda ko’p yillarni sarflab yuboramiz. Haqiqiy muammo esa, agar siz o’z qobig’ingizda o’rnashib qolgan bo’lsangiz, yangi narsalarga harakat qilishni to’xtatib qo’yasiz. Buning oqibatida siz aslida qaysi sohada kuchli ekanligingizni bila olmay qolasiz. Haqiqiy baxtga esa bunday erishib bo’lmaydi.
3. Siz hozirgi holatingizdan qoniqish hosil qila boshlaysiz.
Bu voqealarning eng yomon rivoji hisoblanadi. Ertaga hayot sizga turli imkoniyatlarni taqdim qiladi lekin siz qo’rqasiz. Bugungi sokinlik sizni tavakkal qilishdan tiyib qoladi. Bu esa sizni hayotingiz yakunlanganidan darak beradi.
Martin Lyuter King aytganidek: “Siz xuddi men kabi 38 yoshda bo’lishingiz mumkin, kunlarning birida hayot sizga ajoyib imkoniyatni taqdim etadi va bunga erishish uchun ba’zi sinovlarni yengib o’tishga chorlaydi. Siz esa buni rad etasiz chunki qo’rqasiz… Yaxshi, keyinchalik siz 90 yoshgacha yashashingiz mumkin lekin aslida o’sha 38 yoshingizda o’lgansiz. Sizni jismingiz dunyoda nafas olib turgan edi xolos, ruhingiz allaqachon undan mustaqil edi.”
Pingback: UPLIFT - Fikr va tanlov mustaqilligining muhimligi
Pingback: UPLIFT - Komfort zonadan chiqishni nimadan boshlash kerak va uning bosqichlari qanday?